Toshkent shahridagi Inha Universitetida kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha onlayn master-klass oʻtkazildi

    Ta'lim 3 Iyul 2020 1040

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagi bilan Toshkent shahridagi Inha Universitetida Group-IB xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda kibertahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha onlayn master-klass oʻtkazildi. 

    Unda davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, bank va AKT-sohalari vakillari ishtirok etishdi.

    Group-IB xalqaro kompaniyasi kiberjinoyatlar, yuqori texnologiyalar yordamida firibgarliklarning oldini olish va tergov ishlarini olib borish boʻyicha jahondagi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, kibertahdidlarga qarshi kurashish mavzusida oʻtkazilgan tadbirda kompaniyaning yetuk ekspertlari tomonidan kiberxavfsizlik, kibertahdidlarning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish borasidagi master-klass oʻtkazildi.

    Tadbir doirasida ishtirokchilar kibertahdidlarning oldini olish va qarshi kurashishda zamonaviy usullar va kompyuter kriminalistika sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalarning tajribalari bilan atroflicha oʻrtoqlashdilar.

    Maʼlumot uchun:

    Group-IB dunyo boʻylab kiberjinoyatlari boʻyicha tergov olib borishda 16-yillik tajribaga ega. Kompaniya SWIFT va YeXHT tomonidan tavsiya qilingan kiberxavfsizlik sohasida ishlanmalarni ishlab chiqarib taʼminlab beradi. Group-IB tomonidan kibertahdidlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplashga yoʻnaltirilgan Threat Intelligence texnologiyasi Gartner, IDC va Forrester nufuzli tadqiqot tashkilotlar tomonidan tan olingan eng yaxshi loyihalardan biri hisoblanadi.