баннер
27 Fev 2025
03:42

    Toshkent shahriga qarashli Ulugʻbek shaharchasi Qibray tumani maʼmuriy markaziga aylantiriladi

    Urbanizatsiya 6 Avgust 2020 5950

    Qurilish vaziri Botir Zokirov tumanlar hududlari chegaralaridagi oʻzgarishlar haqida “Oʻzbekiston24” telekanaliga soʻzlab berdi.

    Toshkent shahri Yangi hayot tumani, Bektemir, Yashnobod tumanlariga Toshkent viloyatidan 10196 gektar yer maydoni, Toshkent viloyatiga esa poytaxtdan 1010 gektar hudud oʻtkazilmoqda.

    Qurilish vaziri Botir Zokirovning soʻzlariga koʻra, Yangi hayot tumani hududining bir qismi Sergelidan, bir qismi Zangiota, bir qismi Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq hududidan oʻtgan. Bu hududlardan yerlar olinib, hozirgi kunga kelib “Yangi hayot” tumanining maydoni 4 ming gektardan ortiq boʻldi.

    "Zangiota tumanining 1800 gektarini Sergeliga qoʻshib berish taklifi tayyorlangan. Sergeli tumanining hududi 5300 gektar edi, maʼlum qismi “Yangi hayot” tumaniga oʻtdi, lekin Zangiota tumanidan Sergeliga qoʻshib berilgan yerlar bilan 5400 gektarga chiqdi.

    Bektemir tumani eng kichik tuman boʻlib, hududi 2 ming gektar edi. Prezident topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Zangiota hududlaridan yerlarni qoʻshish hisobiga Bektemir tumani 5300 gektar hududga ega boʻladi", deydi Qurilish vaziri Botir Zokirov.

    Bundan tashqari, Chirchiq daryosining yon hududidan shaharga qaragan qismi boʻyicha 4356 gektar yerni shaharga qoʻshish boʻyicha taklif tayyorlandi. Toshkent shahriga 10 ming gektar joy qoʻshilgan boʻlsa, Toshkent shahridan ming gektardan ortiq joy Toshkent viloyatiga ajratilyapti.

    Shuningdek, Ulugʻbek posyolkasini Qibray tumanining maʼmuriy markaziga aylantiriladi. Qibray tumanining markazi yoʻq edi. Ulugʻbek posyolkasi oldin Mirzo-Ulugʻbek tumaniga qarar edi va tumandan yiroqda joylashgani uchun unga eʼtibor yoʻq kam boʻlganini aytdi Botir Zokirov.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech