«Toshkent shahrining barqaror rivojlanishi» mavzusidagi seminar

    Urbanizatsiya 11 May 2021 2123

    Jahon banki, ARUP kompaniyalar guruhi va IKS arxitektura-qurilish kompaniyasi ishtirokida «Toshkent shahrining barqaror rivojlanishi» mavzusida seminar tashkil etildi.

    Seminarda Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent shahar SSP va boshqa mas’ul tashkilotlarning mutasaddilari ishtirok etdilar.

    Xorijiy tarafdan Jahon banki loyihasini rahbari Aksel Baumler, Jahon banki O‘zbekiston shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihasining rahbari Rozanna Nitti hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdi.

    Aksel Baumler seminarni ochar ekan Toshkent shahrining jadal kompleks rivojlanishi haqida so‘zlab, Toshkent – Markaziy Osiyoga kirish darvozasi ekanini ta'kidlab o‘tdi. Markaziy Osiyoning savdo-iqtisodiy, moliyaviy, innovatsion, investitsion imkoniyatlari aynan shu shaharda markazlashganini alohida qayd etdi.

    Shuningdek, o‘zaro muloqotda turar va noturar joylarning qurilishida iqlim va texnogen tavsifga ega xavflarga qaramay, innovatsion yechimlar qo‘llanilayotgani mamnuniyat bilan aytib o‘tildi.

    Bundan tashqari, uchrashuv doirasida, ARUP kompaniyalar guruhi tomonidan Jahon banki bilan birgalikda Toshkent shahrining kelgusi barqaror rivojlanishi bo‘yicha turli xavf-xatarlarni hisobga olgan holda batafsil tahlil o‘tkazilganligi aytildi. Ma’lum qilinishicha, Toshkentning rivojlanishida aholi zichligi o‘sib borishi sharoitida eskirgan infratuzilmaga ortiqcha yuk tushayotgani muammo tug‘dirishi mumkin. Xususan, oxirgi 30 yil ichida aholi soni 10 foizga oshgan, shahar hududi 20 foizga kattalashgan.

    Ekspertlar investitsiyalarni suv ta’minoti, oqava suv tizimi, transport va energetika sohalariga yo‘naltirishni tavsiya qildilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.