Toshkent shahrining qadimiy darvozalarini tiklanadi

    Urbanizatsiya 18 May 2022 2610

    Poytaxt hokimligida Toshkentning qadimiy darvozalarni qayta tiklash ishlarini jadallashtirish, tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar va soha mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tegishli davlat tashkilotlarining masʼul xodimlarini jalb qilgan holda, darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

    2021-yil 18-oktyabrda Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrining 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va ularning joylashgan koordinatalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 356-14-0-Q/21-sonli qarori qabul qilinib, bu masalada Ishchi guruh shakllantirilgan.

    Yigʻilishda Ishchi guruhi tomonidan bugungacha bajarilgan ishlar koʻrib chiqildi. Joriy yilda Poytaxtimizning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani maʼlum qilindi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot oʻrnida: 19 asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qalʼa devori bilan oʻralgan. Har bir darvoza oʻsha hududning qadimiy nomi, markaziy koʻchaning nomlanishi yoki qaysi yoʻnalishda joylashganligiga qarab atalgan: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sagʻbon, Chigʻatoy, Koʻkcha, Samarqand, Kamolon, Beshyogʻoch, Koʻymas, Qoʻqon, Qashqar va b. Har bir darvozani maxsus xonada yashagan qoʻriqchi (darvozabon) nazorat qilgan.