Universitetda faoliyat yuritayotgan epidemiologiya va biokimyo yunalishi bo‘yicha dunyoning yetakchi olimlari — epidemiolog Margaret McDonald, tibbiyot maktabining xalqaro tibbiy ta’lim dasturlari direktori, ichki kasalliklar shifokori, professor Maykl yelniki hamda biokimyo bo‘yicha molekulyar biologiya fanlari nomzodi biolog olim Salim Xon dastlab Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov qabulida bo‘ldilar.
Muloqot davomida TTA va Pittsburg tibbiyot oliy o‘quv yurtilari o‘quv jarayonini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish yuzasidan fikrlar almashildi.
Ma’lumot uchun, 1787-yilda tashkil etilgan Pittsburg universiteti 17 ta kollej va maktabdan iborat bo‘lib, unda 35 mingdan ziyod talaba tahsil olyapti. Pittsburg universitetining tibbiyot fakulteti AQShning yeng yaxshi tibbiyot o‘quv maskanlari qatoriga kiritilgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi professor o‘qituvchilari bilan amerikalik olimlarning suhbati, ayniqsa, sermazmun kechdi. Mehmonlar Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy pedagogik jamoasining o‘qitish metodikasi va akademiya kafedralaridagi amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Klinik bazalar ishini borib ko‘rdilar.
Amerikalik olim, epidemiolog Margaret McDonald tashrif taassurotlari haqida quyidagicha fikr bildirdi.
Mashkur tashrifning dastlabki kunida Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan Pittsburg universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memomrandumi imzolandi. Pittsburg universiteti delegatsiyasi yurtimizda 23 mayga qadar bo‘ladi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Toshkent tibbiyot akademiyasi ma’lumotiga tayanib.









