Muloqot chogʻida “Daegu Haany University” prezidenti Byun Chang Hoo boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan tibbiy taʼlim yoʻnalishida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi. Mazkur OTM bilan akademiya oʻrtasidagi hamkorlik samarali davom etib kelayotgan aloqalar rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki tomonlama bilim va tajriba almashish borasidagi saʼy-harakatlar mavjud salohiyatni yanada oshirish imkonini bermoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, bir necha kun avval akademiya professori G.Sobirova rahbarligidagi bir guruh talabalar akademik mobillik almashinuv dasturi asosida ushbu universitetda bilim va koʻnikmalarini oshirib qaytgan edi.