Shuningdek, barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlarida rahbar oʻrinbosarlaridan biriga raqamlashtirish boʻyicha (Chief Digital Officer) vazifa yuklatiladi. Bu esa raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida samarali va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyatga ega.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy jamoasi yigʻilishda shu yildan boshlab “Raqamli idora” loyihasini amaliyotga tadbiq etish maʼlum qilindi. Mutaxassislarning elektron hujjat aylanishi va ish yurituv jarayoni boʻyicha taqdimoti eshitildi.

—Endi oliy taʼlim muassasasidagi barcha maʼmuriy tartib-taomillar va operatsiya jarayonlari raqamlashtiriladi, — dedi Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shadmanov

Va bu jarayonda akademiya ilmiy pedogogik jamoasi va xodimlarining raqamli texnologiya boʻyicha savodxonligi va malakasi oshiriladi, ular axborot texnologiyalari va xavfsizligi boʻyicha oʻqitiladi. 2021-yildan boshlab akademiya ish faoliyatida raqamli tizim boshqaruvi, maʼlumotlar bazasi va “bulutli” platformani yuritish, axborot xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishlarida xalqaro IT-sertifikatini olish nazarda tutilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.