Bugun mehnat vazirligi balansida turgan 4 qavatli yotoqxona binosi akademiya talaba yoshlarining ixtiyoriga barcha qulayliklari bilan topshirilib turar joy oʻrinlari sonining oshishiga erishildi.
Yangi yotoqxonaning tantanali ochilish marosimida akademiya rektori A.Shodmanov Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi topshiriqlariga javoban oʻquv-amaliy jarayonlarga qaratilayotgan eʼtibor singari yoshlarni turar joy bilan taʼminlash ishlariga jiddiy kirishilganini maʼlum qildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari yana qoʻshimcha ravishda mana shunday keng va yorugʻ yotoqxonaga koʻchib oʻtdilar. Shu tariqa talabalarining yotoqxona bilan qamrov darajasi 2300 tadan 3400 taga yetkazildi. Yana bir haftadan keyin yana bir yangi yotoqxona yoshlar ixtiyoriga topshirilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.