Toshkent tibbiyot turizmi bo‘yicha III Xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi

    Turizm 11 Noyabr 2025 384

    Toshkentda «XXI asrda tibbiy turizm: barqaror modellar va eng yangi amaliyotlar» III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

    Konferensiya Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Turizm qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali bo‘lib o‘tayotgan forumda 10 dan ortiq mamlakatdan, jumladan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Malta, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va boshqa davlatlardan yetakchi ekspertlar, olimlar va turizm sohasi vakillari ishtirok etyapti.

    Ishtirokchilarning diqqat markazida innovatsion texnologiyalar, telemeditsina, personallashtirilgan tibbiyot, sanatoriy-kurort sohasining ekologik standartlari va xalqaro kadrlar tayyorlash masalalari.

    Forumning asosiy maqsadi tajriba almashish, amaliy yechimlarni ishlab chiqish hamda tibbiyot va ekoturizmni rivojlantirishning barqaror modellarini yaratishdan iborat.

    Tadbir doirasida, shuningdek, «Tibbiyot turizmi: innovatsiyalar va tendensiyalar» ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tyapti. Unda ishtirokchilar sanatoriylar, an’anaviy tibbiyot, sharqona kosmetika, innovatsiyalar va sog‘lomlashtirish turlari - barchasi salomatlik va uyg‘unlik uchun bo‘limlar bilan tanishadilar. Dastur yalpi majlislar, mahorat darslari, B2B uchrashuvlari, shuningdek, davra suhbatlarini o‘z ichiga oladi.

    Konferensiyaning birinchi kunida Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va akademik turizm assotsiatsiyasi; - Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

    Forumning yakuniy kunida sayyor dastur bo‘lib o‘tadi, unda ishtirokchilar Toshkent viloyatining yetakchi sanatoriy-kurort majmualariga tashrif buyurib, ularning tabiiy salohiyati va zamonaviy sog‘lomlashtirish usullari bilan tanishadilar, deb xabar berado‘i Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

    Konferensiya 12-noyabrgacha davom etadi. Ilmiy forum yakunida ilmiy maqolalar to‘plami tayyorlanadi.