Jumladan, Toshkent tumani “Gʻiyos Umarov muruvvat fayz” agrofirmasi hududi Zargar mahallasida Tolipov Abbos dehqon xoʻjaligi tomonidan bir gektar maydonga erta bahorda kartoshka ekini ekilgan edi.

“Usta dehqon” kartoshka hosilini erta yetishtirish uchun yangi usullardan foydalanib, may oyining ilk kunlaridan kartoshka hosilini yigʻishtirib olmoqda.