Kuni kecha, 19-oktyabr kuni soat 23:10da Toshkent tumani, “Xiyobon” MFY, Oydin koʻchasida 2 ta bir biriga tutash qurilgan xonadonlarda yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 4 ta Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yongʻin soat 23:53 da qurshab olingan va soat 00:45da batamom oʻchirilgan. Yongʻindan birinchi xonadonda 180 kv.m., ikkinchi xonadonda 100 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.