Toshkent tumanida toʻrt yengil mashina toʻqnashib ketdi

    “Toyota Prado” rusumli transport vositasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

    Bugun soat 08:00 larda Toshkent tumani hududidan oʻtgan 4R4 “Toshkent sh-Keles-Qozoqkentsoy q” avtomobil yoʻlining 1-kilometrida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

    Unda haydovchi 1993-yilda tugʻilgan R.R. “Toyota Prado” rusumli transport vositasini Keles-Toshkent shahri yoʻnalishi boʻylab boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotgan.

    U oʻz yoʻnalishidan qarama-qarshi yoʻlga chiqqan vaqtida roʻparasidan kelayotgan “Cobalt”, “Damas” va “Spark” rusumli transport vositalari bilan qattiq toʻqnashuv sodir etgan.

    Oqibatda “Toyota Prado” rusumli transport vositasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi.

    Mazkur holat boʻyicha tergov-surishtiruv ishlari davom etyapti.