Fuqaro A.A muammo yechimining noqonuniy yo‘llarini izlab xodimga 3 kun davomida avtomashinani jarima maydonidan chiqarish hamda ishini ijobiy hal qilib berish evaziga unga 300 AQSH dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi.
YPX inspektori ushbu holatda fuqaroga pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramay, unga to‘xtovsiz pora taklif qilayotganligi to‘g‘risida Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qiladi.
Holat yuzasidan 11 yanvar kuni soat 17:30 larda IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari, tuman prokuraturasi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, fuqaro A.A. ni YPX inspektoriga 300 AQSH dollari hisobida 3 million so‘m pulni pora sifatida berayotgan vaqtda qo‘lga olishadi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati