Toshkent tumaniga hokim tayinlandi

    Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining qarori bilan Ergashev Sardorbek Qodirovich Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

    Bu haqda Toshkent tuman hokimligi xabar berdi.

    Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi yigʻilishida Toshkent tuman hokimi lavozimiga Ergashev Sardorbek Kadirovichni tayinlash masalasi koʻrib chiqildi va Ergashev Sardorbek Kadirovich Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

    Sardorbek Ergashev 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy. 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023-yilda Toshkent arxitektura-qurilish universitetlarini tamomlagan.

    U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.