Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sogʻlom tugʻilishi uchun barcha zarur shart-sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tugʻuruq amaliyoti natijasida 1622 grammlik bir nafar oʻgʻil, 1330, 1510 va 1370 grammlik uch nafar qiz chaqaloq dunyoga keldi.
Hozirda goʻdaklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
Bu – joriy yil Respublika perinatal markazida toʻrt nafar egizaklar tugʻilishi bilan bogʻliq birinchi holatdir, deyiladi xabarda.