Uchrashuv davomida shaharlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik jarayonida sayyohlar sonini har ikki yoʻnalishda bir milliondan ortiq kishiga yetkazish, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlikni targʻibot tadbirlari, turizm va madaniyat festivallarini tashkil etish, folklor va havaskorlik jamoalarining gastrollari, oʻzaro takliflar orqali turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini tegishli milliy turistik marshrutlar va mahsulotlarni oʻrganishga taklif etish, davlatlarning turizm salohiyati targʻiboti va taqdimotini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Muloqot yakunida Toshkent va Moskva shaharlari oʻrtasida samarali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.