Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Qibray tumani, “Yuqori yuz” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 3 200 AQSH dollarini fuqaro A.I.ga haqiqiy 1 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.Z. va boshqalar tadbirkor Sh.N.ning “Bunyodkor” MFY hududidagi savdo doʻkonidan xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qalbaki 100 ming soʻmlik kupyurani bergan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 1,3 mln soʻm qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olindi.