Unga koʻra:
— Toshkent viloyatining ayrim hududlarida jismoniy shaxslar yaʼni aholi uchun 7 840 soʻm (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 82 880 soʻm (QQS bilan) toʻlov miqdori belgilandi. Belgilangan toʻlov tarifi Toshkent viloyati “Toza Hudud” davlat unitar korxonasi hamda “Angren Bunyod Fayz” MCHJ, “Nurli yoʻl marvaridi” MCHJ, “Ohangaron sanitariya tozalash” MCHJ, “Rahnamo Servis” MCHJ, “Zero-Waste” MCHJ kabi sanitar tozalash korxonalari uchun tasdiqlandi.
— Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida jismoniy shaxslar yaʼni aholi uchun 7 000 soʻm (QQSsiz) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 122 219 soʻm (QQSsiz) miqdorida toʻlov tasdiqlandi. Belgilangan toʻlov tarifi “Toza hudud” UK, “Bio Texno Eko” MCHJ, “Bio Tex Eco” MCHJ, “Qiziriq invest” MCHJ, “Sale kingdom” MCHJ va “Shoʻrgʻun kommunal foydalanish” MCHJ kabi sanitar tozalash korxonalari uchun amal qiladi.
Taʼkidlash joizki, ushbu chora-tadbirlar davlatimiz rahbarining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.