Toshkent viloyati bojxonachilari 77 tonnaga yaqin mineral oʻgʻitlarning noqonuniy eksportini fosh qilishdi

    Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan respublikamizdan chiqib ketayotgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

    Oʻtkazilgan bojxona koʻrigi davomida, vagonlarga yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, umumiy ogʻirligi 76,8 tonna boʻlgan mineral oʻgʻitlar ortilgani aniqlandi.

    Markaziy bojxona laboratoriyasi tahlillari asosida oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, qoplarga joylashtirilgan ushbu tovarlar “Ammiak selitrasi” nomli mineral oʻgʻitlar ekanligi tasdiqlandi.

    Mazkur holatda vaqtincha saqlovga olingan mineral oʻgʻitlarning umumiy qiymati 261 000 000 soʻmdan oshmoqda.