Bundan tashqari, maqsadli dasturlar asosida 208 ta koʻchmas mulk egalarining roziliklari asosida 242,1 milliard soʻm kompensatsiya toʻlagan holda boshqa joyga koʻchirildi.

Jumladan:

  • Yangiyoʻl shahrida koʻprik qurilishi hisobiga 13 nafar mulkdorga 19,5 milliard soʻm;
  • Nurafshon shahrida avtomobil yoʻl qurilishi hisobiga 48 nafar mulkdorga 38,9 milliard soʻm;
  • Angren shahrida koʻmir koni kengayishi hisobiga xavfli hududga aylangan mahalla fuqarolari yigʻinidagi 86 nafar oilaga 43,5 milliard soʻm;
  • Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent shahri”, koʻp qavatli turar joylar, avtomobil yoʻli hududida 41 ta mulkdorga 92 milliard soʻm;
  • Boʻstonliq tumanida tashkil etilayotgan zamonaviy koʻrinishga ega boʻlgan turizm kurort zonasida 4 ta mulkdorga 20,3 milliard soʻm;
  • Parkent tumani markazining arxitekturaviy qiyofasini tubdan yaxshilash maqsadida 16 nafar oilaga 27,9 milliard soʻm kompensatsiya mablagʻini toʻlagan holda, boshqa joyga koʻchirildi.