Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasida viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida quyidagi oʻzgarishlar taklif qilinmoqda:
- Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston Boyovut tumanlari va Shirin sh) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga oʻtkazilishi;
- Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqoʻrgʻon, Boʻka, Bekobod tumanlari va Bekobod sh) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga oʻtkazilishi (Oʻrtadagi farq 36,8 ga);
- Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga hududiga oʻtkazilishi;
- Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga oʻtkazilishi (Oʻrtadagi farq 12,5 ga).
Mazkur qaror loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullandi.