Toshkent viloyati markazida yangi shaxmat maydonchasi tashkil etildi

    Toshkent viloyatining markazi hisoblangan Nurafshon shahrida, viloyat hokimligi binosining yonginasidagi bogʼda shaxmat maydonchasi tashkil etildi.

    Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda viloyatni kompleks rivojlantirish, aholi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish va ularni sogʼlom turmush tarziga jalb etishda muntazam sport bilan shugʼullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yoʼlga qoʼyilmoqda.

    Bogʼ markazida yaratilgan shaxmat maydonchasi hamma qatori ommaviy axborot vositalari xodimlarida ham qiziqish uygʼotgan.

    Shuningdek, aholi sogʼlom turmush tarzini yaxshilash uchun yoʼlga qoʼyilgan bu kabi loyihalar viloyatning har bir hududida barpo etilishi mumkinligi taʼkidlanadi.