Toshkent viloyati Mo'ynoqqa 100 milliard ajratadi

    Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzaevning tegishli farmoyishi e'lon qilindi.

    “Mo'noqqa madad” loyihasi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzaev iqtisod qilingan mablag'lar hisobidan Mo'ynoq tumanidagi kam ta'minlangan, nogironligi bor, ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta'mirlash, avariya holatidagilarini yangidan qurish ishlari uchun yana 2 milliard so'm mablag' ajratdi.

    “Yagona buyurtmachi xizmati” injinering kompaniyasi bergan ma'lumotlariga ko'ra, Mo'ynoqda o'tkazilgan xatlov natijalariga ko'ra, yana 800 ga yaqin uy-joy qurilishi va ta'mirlanishi belgilangan.

    Bugungi kunda 12 ta mahallada 142 ta yangi kottej bunyod etilmoqda.

    Mazkur ishlar uchun 98 milliard so'm mablag' ajratilishi ko'zda tutilgan.