Shu munosabat bilan viloyat hokimligida tashkil etilgan muloqotda tuman va shahar hokimlari mas'ullari, hududlardagi sport bo'limlari rahbarlari, hamkor davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Muloqotda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev mazkur sport turini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratib kelinayotgani, shuningdek, viloyatda mazkur sport turining nufuzini oshirish, moddiy-texnik baza va infratuzilmasini yaxshilash, regbi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, viloyat sportchilarni xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta'minlash bo'yicha taklif va tavsiyalar berdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston Regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev so'z olib, yangi tayinlangan rahbarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi hamda viloyat hokimiga Regbi federatsiyasining ramziy koptogini toshirdi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.