Garchi, ularning oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrilayotgan boʻlsada, vaziyat yaxshi tomonga qarab oʻzgarishi juda sekin kechmoqda. Chunki bu harakatlarda “qars ikki qoʻldan” chiqmayapti. Piyodalar masʼuliyatni his etishmayapti.

Masalaning ana shu tomonlarini inobatga olgan holda viloyat YHXB tomonidan muntazam ravishda «Diqqat, piyoda!” keng qamrovli tadbiri oʻtkazib kelinayapti. Tadbir samaradorligini oshirish, uning taʼsir doirasini kengaytirish uchun esa faqat jarima jazosi tayinlash bilan cheklanilmayapti. YHXBda piyodalar tomonidan sodir etilgan har bitta qoidabuzarlikni oʻsha qoidabuzar piyoda yashaydigan mahallaga borib muhokama qilishga, bir qoidabuzarlik sabab boshqa fuqarolarga ham qoidalar talablarini tushuntirib, profilaktik suhbatlar oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bir kunda oʻtkazilgan ana shunday tadbirda 230 nafar qoidalar talablarini buzgan piyodalar xatti-harakati muhokama etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, piyodalar ishtirokidagi hodisalarning ogʻir oqibatlarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazmali vositalardan ham samarali foydalanilmoqda.

«Hurmatli piyodalar! Yoʻl hamisha tasodiflarga toʻla boʻlgan, xavf-xatar ham mavjud. Undan asranish esa, avvalo, oʻz qoʻlingizda ekanini unutmang. Yoʻllarda doimo hushyor va sergak boʻling. Unutmang, siz koʻrib turgan narsalarni haydovchi koʻrmasligi mumkin. Haydovchilar, siz ham yoʻlda xavf toʻsatdan paydo boʻlishini doimo yodda saqlang. Yoʻl harakati qoidalariga amal qiling!” deyiladi Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati xabarida.