Yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini bajarmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha syexning ikkinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan, hozir vaziyat nazorat ostida.

Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi, deyiladi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotda.