Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.R. fuqaro Sh.А.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani "Evalak" MFY hududidan 40 000 AQSH dollari evaziga 15 sotix yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSH dollari va 6,4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.