Toshkent viloyatida 150 nafar talabaning kontrakt pullarini to'lashda amaliy yordam beriladi

    Toshkent viloyatidagi 150 nafar ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning bakalavr ta'lim yo'nalishida o'qishini ta'minlash uchun to'lov-kontrakt mablag'larini to'lab beriladi.

    Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 1 milliard 44 million 418 ming so'm mablag' ajratiladi.

    Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.