баннер
2 Mar 2025
04:39

    Toshkent viloyatida 24 yoshli kelin eri tomonidan kaltaklandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda 24 yoshli kelin qaynonasi va eri tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati IIB axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi.

    Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 16-yanvar kuni Oqqoʻrgʻon tumanida 1988-yilda tugʻilgan fuqaro (K.G.) va uning 2001-yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi (Sh.U.) oʻrtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.

    Maʼlumotlarga koʻra, janjal oqibatida fuqaro ayolni urib, unga turli tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi esa Chinoz tumani tibbiyot boʻlimiga murojaat qilgan.

    1988-yilda tugʻilgan fuqaro (K.G.) protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (Oilaviy maishiy zoʻravonlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvchining tan jarohatlari boʻyicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

    Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qatʼiy nazoratiga olingan. Tergov yakunlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech