Toshkent viloyati hokimligining maʼlum qilishicha, mazkur loyiha amalga oshirilishi uchun shahar va tumanlar hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan davlat zaxirasidagi 6,7130 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.
Gidro elektr stansiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 220-sonli farmoni talablari asosida, Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan bitkazilib, foydalanishga topshiriladi.
Loyiha quvvati 2 550 kVtni tashkil qiladi.