Toshkent viloyatida 3 mingdan ortiq uy-joylar quriladi

    Urbanizatsiya 14 Aprel 2021 969

    Toshkent viloyatida bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida koʻp kvartirali uy-joylar quriladi.

    2021-yilda yangi tartib doirasida viloyat boʻyicha “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ tomonidan qishloq joylarda jami 40 ta koʻp qavatli

    800 ta xonadonli va tadbirkorlar tomonidan 73 ta koʻp qavatli 2 200 ta xonadonli uy-joylar quriladi. Bundan tashqari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyat boʻyicha 500 ta yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash belgilangan hamda 1970 ta oilaga subsidiya toʻlab beriladi.

    Kreditlar ipoteka kreditining eng koʻp miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) muddatga ajratiladi.

    Daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun subsidiya beriladi.

    Qarz oluvchilarga ularning xohishiga koʻra ipoteka krediti boʻyicha toʻlovlarni annuitet yoki differensial usulida amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent viloyati hokimi D. Hidoyatov №162-sonli qarorni imzoladi.