Toshkent viloyatida 30 mingdan ortiq piyoda qoida buzganligi uchun jarimaga tortildi

    Avtomobil yo'llarida qoidabuzarlik sodir etayotgan piyodalarga choralar ko'rilmoqda.

    Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan 7 oy mobaynida Toshkent viloyatida 30 712 nafar piyodalarga yo'l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu haqida viloyat hokimligi rasmiy manbasida keltirildi.

    Hududlarda piyodalar ishtirokida yo'l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida muntazam profilaktik suhbatlar olib boriladi. Shu bilan birga, avtomobil yo'llarida qoidabuzarlik sodir etayotgan piyodalarga choralar ham ko'rilmoqda.