Toshkent viloyatida 44 ta nochor oilaga bepul uy-joy topshirildi

    To'rt qavatli bino ehtiyojmand oilalarga uy-joy uchun ajratilgan edi.

    Ushbu xayrli ish Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayevning tashabbusi bilan amalga oshirildi. Ma'lum bo'lishicha, O'rta Chirchiq tumanining “Farovon” mahallasida barcha qulayliklarga ega to'rt qavatli bino ehtiyojmand oilalarga uy-joy uchun ajratilgan edi.

    Eng ulug', eng aziz bayramimiz arafasida ana shu xonadonlar o'z egalariga tantanali topshirildi.

    Uylarni topshirish marosimi sunnat to'ylariga ulandi. 17 nafar to'ybolaning har biriga velosiped va sovg'alar ham ulashildi.