Ijtimoiy tarmoqlarda “Parkentda kuppa-kunduzi bir necha yillik daraxtlar kesib tashlanmoqda” sarlavhali post tarqalgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiya hamda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi masʼullari bilan joyiga chiqib oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Parkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2022-yil 25-oktyabr kuni Davlat xizmatlari agentligiga yoʻllagan arizasida quriyotgan yoki qurib qolgan 6 tup yovvoyi olma, 16 tup terak, 12 tup Zarafshon archasi, 25 tup past boʻyli qayrogʻoch, 8 tup shumtol, 6 tup zarang bargli chinor daraxtlarini kesishga ruxsat soʻralgan.

Krasnogorsk qoʻrgʻoni hududidagi “Oydin”, “Toybuloq”, “Said ota“, ”Fayzobod" mahallasi hududlari koʻzdan kechirilganda jami 57 tup koʻp yillik sogʻlom daraxtlar tag qismidan noqonuniy kesilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan oʻrganish ishlari davom etmoqda, oʻrganish natijalari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi.