Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan viloyat hududlarida gʻalladan boʻshagan dala maydonlaridagi somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborilishini oldini olish boʻyicha olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 39 ta holatda 603 gektar yer maydonidagi gʻalladan boʻshagan somonpoya qoldiqlari yoqib yuborilganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 729 mln soʻm zarar hisob-kitob qilindi.