Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Mazkur ajratilgan yer maydonida futbol markazi va uning tarkibiy boʻlinmalari uchun zarur bino-inshootlar, futbol maydonlari, futzal va futbol yopiq inshootlari, mehmonxona, sport tibbiyoti va realitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona kabi obyektlar barpo etilishi belgilangan.