Toshkent viloyati IIB axborot xizmati bu kabi holat kuzatilmagani va shu mazmunda tarqalayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmasligi maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, kecha, 9-sentyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan shaxs (2012-y.t. E.H) yaqinlariga aytmasdan boshqa mahallada yashayotgan doʻstining uyiga ketgan.
Oradan vaqt oʻtib qarindoshlari uni topganda noqulay vaziyatdan chiqish uchun “meni oʻgʻirlab ketishmoqchi boʻlishdi” mazmunida gapirgan va buni eshitgan yaqinlari ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Shu vaqtning oʻzida olib borilgan oʻrganishlar natijasida tuman hududida bu kabi holat kuzatilmagani va bola yaqinlari dakki berishidan choʻchib yolgʻon gapirgani tan olgan.
Jarayonda tuman IIB masʼullari tomonidan bola va uning yaqinlari bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, bu kabi harakatlarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.