Toshkent viloyatida ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatish uchun yana mablagʻ ajratildi

    Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаев томонидан имзолаган тегишли фармойишга кўра, эҳтиёжманд оилалаларни қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмалари билан таъминлаш учун 1 миллиард сўм маблағ ажратилди.

    Hujjatda keltirilishicha, viloyat byudjetining shu yil 1-chorak yakuni bilan shakillangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan mazkur mablagʻlar, Yangiyoʻl shahar hamda tumandagi “Temir daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oila xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatish uchun sarf etiladi. Hozirda jarayonlar qizgʻin davom etmoqda.

    Shuni ham qayd etib oʻtish kerakki, joriy yil boshidan buyon, 500 ga yaqin xonadon uchun viloyat mahalliy byudjetidan 7 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar yoʻnaltirilgan.