Toshkent viloyatida yetishtirilgan mahsulotlar qaysi davlatlarga eksport qilinyapti?

    Biznes 18 Oktabr 2021 1697

    Joriy yilda Toshkent viloyatida yetishtirilayotgan 97 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari dunyoning turli burchaklariga — 38 mamlakatga eksport qilinyapti.

    Bu yil yangi zabt etilgan yangi bozorlar Avstriya, Chili, Makedoniya, Serbiya davlatlaridir.

    Oʻtgan 9 oy mobaynida jami 218,7 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsullari 109,2 million dollar miqdorida eksport qilindi. Birgina Rossiya davlatiga 44,1 million dollarlik 78 turdagi meva va sabzavot mahsulotlar yuborilyapti.

    Bundan tashqari, Qozogʻistonga 119,1 ming tonna, Xitoy davlatiga 12,7 ming tonna mahsulot chiqarilgan.

    Eksport qilingan gilos hajmi jami 10 tonnaga yaqin boʻlib, 7 ta davlatga 11,6 million dollar miqdorida sotilgan.

    Joriy yilda xorijga eksport qilingan 16,2 ming tonna uzum hosilining teng yarmi Parkent tumani hissasiga toʻgʻri keladi.

    Viloyat mirishkorlari tomonidan yetishtirilgan quritilgan meva va sabzavotlarning ham bozori xaridorgir boʻlib, bugungi kunda AQSHga 317 tonna quritilgan poliz va sabzavot mahsulotlari salkam 1 million dollarga eksport qilingan.

    Quvonarlisi joriy yilda hatto eng uzoq davlatlardan biri boʻlgan Chiliga ham viloyatda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetib bordi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.