Xususan, Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlovchi, 1985-yilda tug‘ilgan shaxs (L.D.) Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga 2 dona politilen o‘ramdagi gashish giyohvandlik vositasini 400 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.
Tadbir davomida uning yonidan hamda boshqaruvidagi avtobusdan yana 9 ta o‘ramda, jami 11 o‘ramda 5 gr gashish giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.