Toshkent viloyatida hovlidan qadimiy qabr topildi

    Ijtimoiy hayot 6 Iyun 2020 2862

    YAqinda YAngiyo'l tumaning “Madaniyat” mahallasidagi Baxt ko'chasi 35-uyda istiqomat qiluvchi S.Abdug'anievaning hovlisida qazilgan chuqurdan qadimiy qabr topildi.

    Xonadon egasining murojaati asosida YAngiyo'l tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman IIB bo'limi vakillari, Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari hovlidagi chuqurda qazishma ishlarini olib borishdi.

    Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, mutaxassislar mazkur qadimiy topilma miloddan avvalgi III, milodning III-IV asrlariga oid Qovunchi madaniyatiga taalluqli ekanligini qayd etishdi. Qabrdan o'sha davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (1 ta sklet) va 9 xildagi turli hajm va shakldagi sopol buyumlar (1 donasi siniq holda hamda 1 dona ayollar munchog'i) olindi. Qadimiy topilmalar YAngiyo'l shahridagi Usmon YUsupov uy-muzeyiga topshirildi.

    Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, joriy yilning aprel` oyida ham Angren shahridagi “Bog'i Surh” mahallasining Abay ko'chasi 77-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Normatov hovlisidan topilgan qadimiy qabrda ham odamlarning suyak qoldiqlari (2 ta sklet) va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar Qovunchi madaniyatiga oid ekanligi qayd etilgandi.