Haydovchining hujjatlarini tekshirgan YPX inspektori undan yuk xonani ochishni soʻraydi. U yerda uch dona ov quroli va oʻqlar boʻlib, qurollardan faqat bittasi uchun hujjat borligi, qolgan ikkita ov qurolini saqlash va olib yurish uchun tegishli hujjatlar yoʻqligi aniqlandi.
YPX inspektori holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, olingan ashyoviy dalillar bilan birga tuman ichki ishlar boʻlimiga topshiradi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.