Viloyat hokimligining maʼlum qilishicha, Toshkent viloyatida 1-iyuldan boshlab, Xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan ichimlik suvi va oqova xizmatlar boʻyicha yangi toʻlov taʼriflari tasdiqlandi.
Quyidagi jadval orqali “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ, “Musaffo obi hayot magistral suv taʼminoti” AJ, “Chimgan-Chorbogʻ magistral suv taʼminoti” AJlarda oʻzgargan taʼrif summalari bilan tanishish mumkin.
Unga koʻra:
Ichimlik suvi:
- a) aholi uchun –1 metr kub – 2600 soʻm;
- b) byudjet tashkilotlari uchun — 1 metr kub – 15 000 soʻm;
- v) ulgurji isteʼmolchilar uchun — 1 metr kub — 15 000 soʻm;
Oqova suv xizmati:
- a) aholi uchun – 1 metr kub – 1 300 soʻm;
- b) byudjet tashkilotlari uchun — 1 metr kub – 3 000 soʻm;
- v) ulgurji isteʼmolchilar uchun — 1 metr kub – 3 000 soʻm.
Narxlar qoʻshimcha qiymat soligʻisiz.









