Viloyatda joriy yilning 19-oktyabridan ijtimoiy soha ob'ektlari, 21-oktyabridan boshlab ko'p qavatli turar-joy binolarini muntazam isitishga kirishiladi. Bu haqida viloyati hokimining qarori qabul qilingan, deb yozildi hokimlik axborot xizmati xabarida.
Hozirda markazlashgan issiqlik ta'minotining ishlash tizimini tekshirish hamda imkoniyatini aniqlash maqsadida qozonxonalardan chiqadigan issiqlik energiyasining aylanma harakatini ta'minlash ishlari olib borilmoqda.