Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida maʼlum qilingan.
Jumladan, Toshkent viloyati «Issiqlik manbai« boshqarmasida aholi uchun amaldagi 1 Gkal issiqlik narxi 81 312 soʻmni tashkil etadi. Bu narx fevraldan 93 464 soʻmgacha oshadi (QQS bilan).Byudjet tashkilotlari uchun miqdor 140 ming soʻmdan 560 ming soʻmgacha qimmatlaydi. Ulgurji isteʼmolchilar uchun esa 358 400 soʻmgacha koʻtariladi.
Issiq suv narxi 1 metr kub uchun 5144 soʻmni tashkil etadi.
«Angren issiqlik energiyasi« DUKda narxlar aholi uchun 81 312 soʻmdan 93,5 ming soʻmgacha oshadi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun narx 493 ming soʻmga koʻtariladi. Issiq suv narxi 6078 soʻmga oshadi.
Nisbatan arzon narxlar «Olmaliq issiqlik manbai« MCHJ tomonidan taklif etilmoqda. Bu yerda 1 Gkal issiqlik narxi byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 274-280 ming soʻmni tashkil etadi. Aholi uchun esa miqdor 100 800 soʻmgacha oshadi.
Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.