Toshkent viloyatida «Jiguli« haydovchisi qoidalarni buzib, YTH sodir etdi

    Shu yilning 15-oktyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani «Nayman« MFY hududidan oʻtgan yoʻlda yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

    Toshkent viloyati IIBB YHXX xabariga koʻra, “Vaz 2101” va «Niva« rusumli avtomobillar toʻqnashib ketgan.

    Mazkur holatda “Vaz 2101” haydovchisi yoʻl harakati qoidalarini buzib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan va svetafor ishorasiga boʻysunmay harakatlangan. Oqibatda ushbu yoʻlga qoʻshilish maqsadida ichki koʻchadan chiqib kelayotgan Q.Q boshqaruvidagi «Niva« rusumli avtomobiliga kelib urilgan.

    Ushbu yoʻl-transporti hodisasida “Vaz 2101” rusumli avtomobil yoʻlovchisi A.Z. yengil tan jarohati oldi.

    Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.