O'zbekiston Respublikasi Prezidentining har bir hududdan sektorlar kesimida har chorakda 1 tadan mahalla “Obod xonadon”, “Obod ko'cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilishi belgilandi.
Shu maqsadda, Toshkent viloyatida Ohangaron tumanining “Shodmalik”, Yangiyo'l tumanining “Niyozbosh”, Quyi Chirchiq tumanining “Mingchinor”, Oqqo'rg'on tumanining “Navbahor” va O'rta Chirchiq tumanining “Uyg'ur” MFY tanlab olinib, hozirda maxsus shtablar tuzildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Ishchi guruhlar tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish-ko'klamzorlashtirish ishlarini olib borish, kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida kelgusida qilinadigan vazifalar reja qilingan.
Ma'lumot uchun, o'tgan 2023-yilda Piskent tumanidagi “Suvti”, Bekoboddagi “Xonobod”, Oqqo'rg'ondagi “Boyg'uli” va Quyi Chirchiqdagi “Ko'ksaroy” mahallalarida ta'mirtalab, 1 578 ta xonadon va 41 ta ichki ko'chalar qiyofasi yaxshilandi. 457 ta xonadonga toza ichimlik suv, 315 ta xonadonga elektr, 306 tasiga tabiiy gaz tarmoqlari yangitdan tortildi.
Eng asosiysi, 692 nafar ishsizning barchasining bandligi ta'minlandi. 28 nafar fuqaroga 1 milliard so'mga yaqin kredit mablag'lari ajratilib, tadbirkorlikka jalb etildi.