Qayd etilishicha, davlat kadastrlar palatasining Oqqoʻrgʻon tuman filiali kadastr muhandisi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonuni doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









