Buning uchun 24 ming 478 tonna kartoshka urug‘i zarur bo‘lib, uning 4 700 tonnasi Gollandiyadan olib kelinayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher To‘raev, viloyat xokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov, barcha tuman-shahar hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, fermerlar, klaster rahbarlari, Gollandiyaning AGROVER kompaniyasining hududiy vakillari va hamkor tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida Zangiota tumanida o‘tkazilgan seminarda mazkur masalalar ko‘rib chiqildi.
— Tajriba tariqasida viloyatimizning Bo‘stonliq, Yuqorichirchiq, O‘rta Chirchiq, Zangiota, Parkent tumani mirishkorlarining kartoshka yetishtirishdagi yutuqlarini astoydil o‘rganayapmiz, — deydi Ulug‘bek Uzoqov. — Masalan, Bo‘stonliq tumanida 1 gektar yer maydoniga qadalgan urug‘, yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy qilingan maydonlarida 30 tonnagacha, oddiy usulda sug‘oriladigan yerlarda 20 tonnagacha hosil olishayapti. Bu o‘rtacha ikki barobar ko‘p hosil va daromad degani.
Tadbirda shuningdek, fermer va klaster rahbarlariga kartoshka urug‘i va mavsumda yer maydonlarini tayyorlash, ekish sxemasi, sug‘orish, mahsulotning yig‘im-terim ishlari va uni saqlash jarayonlari haqida ham alohida tavsiya va tushuntirishlar berildi.
AGROVER klasteri tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan bir yilda 1 ming 342 gektar maydonda turli kartoshka navlari yetishtiriladi, deb xabar beradi Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.