Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning farmoyishi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, viloyat mahalliy byudjetining 2023-yil -chorak yakuni bilan iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan “Yagona buyurtmachi xizmati” injinering kompaniyasiga 7 milliard 1 million soʻm ajratildi.

Mazkur mablagʻlar Bekobod, Parkent, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl, Chinoz, Toshkent, Piskent, Zangiota tumanlari hamda Yangiyoʻl shaharidagi 15 ta obyektda, yaʼni maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim maktablarini rekonstruksiya qilish va qoʻshimcha bino, sport zal qurilishi uchun sarf etiladi.